Anod-mexanik ishlov — metall buyumga elektrolit muhitida elektr kimyoviy va elektr erozion tarzda taʼsir etib ishlov berish usuli. Rus olimi V. N. Gusev ixtiro qilgan (1943). Ishlanuvchi detal va elektrod asbob elektrolit (anod eritmasi) ichiga botiriladi va zanjirga past kuchlanishli (25-30 V) oʻzgarmas tok ulanadi (rasm). Elektrod asbobning materiali sifatida kam ugle-rodli poʻlat olinadi. Elektrod asbob de-tal sirtidagi himoya pardasini yemirishi natijasida uning ostida tok zichligi ortib, elektrolit taʼsirida metall yemi-riladi. Anod-mexanik ishlov stanoklarida metallarni toʻgʻri va egri chiziq boʻylab kesish, qattiq qotishmali keskichlarni charxlash, silliqlash va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu usul hozir ham qoʻllanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil