Yorug’lik dispersiyasi birinchi marta 1672 yilda ingliz olimi I.Nyuton tomonidan kuzatilgan. U shisha prizmadan oq yorug’lik o’tganda rangli spektr hosil bo’lishini aniqlagan. Yorug’lik dispersiyasini sindirish ko’rsatkichni aniqlaydigan har qanday usul bilan kuzatish mumkin. Masalan, prizmalardan yorug’lik o’tganda, to’la ichki qaytish hodisasi ro’y berganda va interferension asboblar yordamida. Umumiy holda, yorug’lik dispersiyasi ro’y berganda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish ko’rsatkichi orta boradi. Bunga normal dispersiya deyiladi. Lekin shunday hollar ham kuzatiladiki, bunda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish kursatkichi ham kamayadi. Bunday dispersiyaga anomal dispersiya deyiladi. Odatda anomal dispersiya yorug’likni yutilish sohasida kuzatiladi.

Moddalar sindirish koʻrsatkichining yorugʻlik toʻlqin (chastotasiga) bogʻliqligi dispersiya deb ataladi. Yorug’lik dispersiyasi deb, moddaning sindirish ko’rsatkichini yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligidan yuz beradigan hodisalarga aytiladi.

Ba'zi moddalarda ham normal, ham anomal dispersiyalar kuzatiladi. Anomal dispersiya — yorugʻlik toʻlqinlarining chastotasi ortganda moddaning sindirish koʻrsatkichi kamayishi bilan ifodalanadigan yorugʻlik dispersiyasi. Anomal dispersiya yorugʻlik eng koʻp yutiladigan spektr sohalarida kuzatiladi. Boshqacha aytganda yorugʻlik toʻlqin chastotasi, yorugʻlik toʻlqin uzunligiga teskari proporsional. Bundan kelib chiqib, yorugʻlik toʻlqin uzunligi kamayishi bilan moddaning nur sindirish koʻrsatkichi ham kamaysa, bu moddadagi yorugʻlikning dispersiyasi-anomal dispersiya deyiladi.

;  — moddaning sindirish koʻrsatkichi ,  — toʻlqin chastotasi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil