Anomal metabolitlar
Anomal metabolitlar — noqulay omillar (ionlashtiruvchi nurlar, past yoki yuqori temperatura, suvsizlik) taʼsirida tirik organizm hujayralarida moddalar almashinuvining buzilishi natijasida yigʻilib qoladigan yarim oksidlangan moddalar (peroksid, epok-sid, oksifenol, oksixinon, gistamin, xolin va boshqalar). Bunday moddalar zaharli boʻlib, organizmdagi biokimyoviy ja-rayonlarning buzilishini yanada kuchay-tiradi va koʻpincha organizmning irsi-yatini oʻzgartirib yuboradi yoki uning halokatiga sabab boʻladi (qarang Toksinlar).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |