Anorganik birikmalar nomenklaturasi
Anorganik birikmalar nomenklaturasi — kimyoviy ele-mentlar va ularning birikmalariga nom berish tizimi. Nomenklatura modda tarkibini yozma ravishda va ogʻzaki nutqda aniq ifodalashi lozim. Anor-ganik birikmalarning koʻp va turli-tu-manligi ularni nomlashda maʼlum ti-zimga asoslanadi. Koʻpchilik kimyoviy elementlarning nomi lotin nomidagi „ium“ qoʻshimchani „iy“ qoʻshimchaga al-mashtirib hosil qilinadi. Masalan, litium — litiy, barium — bariy va hokazo Qadim zamonlardan beri ishlatib kelingan elementlarning nomlari shundayligicha saqlanib qoladi: oltingugurt, temir, mis, rux, qalay, qoʻrgʻoshin, simob, oltin, kumush va boshqa Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari oksidlar va peroksidlar degan umumiy termin bilan ataladi. Oksidlar tuz hosil qiluvchi va tuz xrsil qilmaydigan oksidlarga boʻlinadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar oʻz navbatida asosli, nordon va amfo-ter oksidlarga ajratiladi. Oʻzgaruvchan valentli elementlarning oksidlarini nomlash uchun avval elementning nomi, soʻngra oksid soʻzi qoʻshib aytiladi. Masalan, FeO — temir §-oksid, Gʻe2O3-temir (Sh)-oksid va hokazo Elementlarning oltin-gugurt va galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari ham shunday nomlanadi. Masalan, CuS- mis §-sulfid, GʻeS13 — temir (III) — xlorid va hokazo Metall va gidroksil guruhdan tashkil topgan bi-rikmalar asoslar deb yuritiladi. NaOH — natriy gidroksidi yoki Si(ON)2 — mis gidroksidi bularga misol boʻladi. Asoslarning asosiy xususiyati, ularning kislotalar bilan tuz hosil kilishidir. Vodorod va kislota qoldigʻidan tashkil toptan moddalar kislotalar sifatida qaraladi. Vodorod atomi soni kislota qoddigʻi valentligiga teng boʻladi. Kis-lotadagi vodorod metallga almashina oladi. Kislotalarning asosiy xususi-yati asoslar bilan tuz hosil qilishidir. Kislorodsiz kislotaning nomi kislo-ta hosil qiluvchi elementning nomiga „id“ qoʻshimachasi qoʻshish orqali hosil qilinadi. Masalan, H2S — sulfid kislota, HF — ftorid kislota, N2Te -tellurid kislota. Kislorodli kislotalar va tuzlar oʻzbekchada xalqaro nom bilan ataladi. Masalan, HNO2 — nitrit kislota, HNO,- nitrat kislota, H2SO4- sulfat kislo-ta; ularning tuzlari tegishlicha nitritlar, nitratlar, sulfatlar deyiladi va hokazo Agar kislota tarkibidagi vodorod atomlarining hammasi metall atomiga almashgan boʻlsa, normal tuz, aks holda nordon tuz deb ataladi. Agar tuzlar tarkibida gidroksil guruhi boʻlsa, asos tuzlar deb ataladi. Normal tuzlarni nomlashda metall nomiga kislota nomi koʻshiladi. Mas, NaF — natriy ftorid, Fe2(SO4)3 — temir (III) — sulfat va boshqa Koʻp asosli kislotalarning tarkibida-gi metallga almashgan vodorod atomlari soniga karab tuzga nom beriladi. Mas, Na3PO4 — natriy fosfat, Na2HPO4 — natriy gidrofosfat, NaH2PO4 — na-triy digidrofosfat; baʼzan bular uch almashgan, ikki almashgan, bir almashgan deb ham ataladi. Kislotalardagi vodo-rodni metallga yoki asoslardagi gidrok-sil guruhni kislota qoldigʻiga almash-tirish yoʻli bilan tuzlar hosil kilinadi. Bular oʻrta (normal), nordon va ishqoriy tuzlarga boʻlinadi. Ikki metall va bir kislota qoldigʻidan tashkil topganlari qoʻsh tuzlar deyiladi. Bir metall va ikki kislota qoddigʻidan tashkil topgani esa aralash tuzlar deb ataladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |