Ansorlar
Muhammad(sav) sahobalari bir tabaqasining nomi. 622 yil Makkadan Madinaga koʻchib borgan musulmonlar
Ansorlar (arab.- yordamchilar, safdoshlar) — Muhammad(sav) sahobalari bir tabaqasining nomi. 622 yil Makkadan Madinaga koʻchib borgan musulmonlar (muhojirlar)ga va Muhammad(sav)ga yordam bergan hamda Islom dinini qabul qilgan Madinalik Avs va Hazraj qabilalarining aʼzolari. Ansorlar muhojirlar bilan birga ilk musulmonlar jamoasini tashkil etgan. Ansorlar Badr jangidan eʼtiboran Muhammad(sav)ning Makkalik mushriklarga qarshi yurishlarida faol ishtirok etdilar. Keyingi siyosiy voqealarda ham Ansorlarning roli katta boʻldi. Paygʻambarimiz Muhammad(sav) vafotidan soʻng ular oʻz ichlaridan xalifa saylashga urinib koʻrdilar. Lekin Avs va Hazraj qabilalari oʻrtasidagi raqobat bunga yoʻl qoʻymadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |