Antanas Gustaitis (1898-yil 26-mart – 1941-yil 16-oktabr) – Litva Qurolli Kuchlarida brigada generali[1]. U bir nechta harbiy trenerlar va razvedka samolyotlarini loyihalash va qurish vazifasini oʻz zimmasiga olgan meʼmor va aviatsiya muhandisi edi[1].

Antanas Gustaitis

Gustaitis Litva harbiy-havo kuchlari formasi va davlat mukofotlari bilan surati
Tavalludi 27-mart 1898-yil
Vafoti 16-oktyabr 1941-yil( 1941-10-16)
(43 yoshda)
Moskva, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Litva
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Gustaitis Marijampole tumanidagi Javaravas okrugida joylashgan Obeline qishlogʻida tugʻilgan[1]. U Yaroslavlda oʻrta maktabda oʻqigan, keyinchalik Petrograddagi muhandislik instituti va artilleriya maktabida tahsil olgan[1].

Litva mustaqillik urushlari

tahrir
 
Romualdas Marcinkus, Jonas Liorentas, Gustaitis, Juozas Namikas, Jonas Mikėnas, Kazys Rimkevičius ANBO samolyoti oldida
 
Gustaitis Litva aerodromida

Antanas Gustaitis 1919-yilda Litva armiyasiga qoʻshilgandan soʻng, 1920-yilda kichik leytenant unvoni bilan tugatadi. Oʻsha yilning oxirida u Polsha-Litva urushidagi harakatlarning guvohi boʻladi. 1922-yilga kelib u uchuvchilarni tayyorlay boshlaydi, keyinchalik oʻquv otryadining boshligʻi boʻladi. Shuningdek, u Italiya va Chexoslovakiyada Litva uchun samolyotlar qurilishini boshqargan. Gustaitis Litva Aero-klubining asoschilaridan biri, keyinchalik uning vitse-prezidenti boʻlgan. U Litvada yoshlar oʻrtasida aviatsiyani targʻib qilish, ayniqsa, planer sporti boʻyicha koʻp ishlarni amalga oshirgan. U 1922-yilda Litva shaxmat chempionatida ham gʻolib boʻlgan.

1925—1928-yillarda Gustaitis Parijda aviatsiya muhandisligi boʻyicha tahsil olgan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng u Litvaga qaytib keladi va Harbiy aviatsiya bosh qoʻmondoni oʻrinbosari lavozimiga koʻtariladi. Kaunasdagi aviatsiya ustaxonasi (Karo Aviacijos Tiekimo Skyrius) boshligʻi boʻlgan. Bu vaqt ichida u ustaxonani qayta tashkil etgan va ustaxonaning samolyotlarni taʼmirlash imkoniyatlarini ham kengaytirdi. U ishlab chiqqan samolyot ANBO deb nomlangan. ANBO „Antanas Bronė“ning qisqartmasi boʻlib, uning rafiqasi ismi va oʻzining ismlarini qisqartmasidir. „Antanas Nori Būti Ore“, yaʼni Antanas Litvada havoda boʻlishni xohlaydi jumlasi keng tarqalgan notoʻgʻri tushunchalardan biridir.

Ikkinchi jahon urushi va Sovet Ittifoqi bosqini

tahrir

Litva Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olinib, Litva armiyasi tarqatib yuborilgach, u Vitautas Magnus universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshlaydi. Ammo hibsga olinishidan qoʻrqib 1941-yilda Germaniyaga qochishga uringan. Shu sabab oʻsha yilning 16-oktyabrida Moskvaga olib ketilgan.

Merosi

tahrir

Litva mustaqilligi tiklanganidan soʻng Antanas Gustaitis aviatsiya institutiga uning nomi berilgan[2][3][1].

Samalyotlar

tahrir
Gustaitis tomonidan ishlab chiqilgan samolyotlarning qisqacha roʻyxati
Model nomi Ilk parvoz Soni Turi
ANBO I 1925-yil 1 Harbiy oʻquv samolyoti
ANBO II 1927-yil 1 Harbiy oʻquv samolyoti
ANBO III 1929-yil 9 Harbiy oʻquv samolyoti
ANBO IV & 41 1932-yil 34 Harbiy razvedka/yengil hujum samolyoti
ANBO V & 51 1931-yil 15 Harbiy oʻquv samolyoti
ANBO VI 1933-yil 4 Harbiy oʻquv samolyoti
ANBO VII
ANBO VIII 1939-yil 1 Yengil bombardimonchi

Manbalar

tahrir