Antekliza (anti … va yun. klisis — ogʻish) — yotiqroq antiklinal koʻtarilma shaklidagi platforma poydevorining asosiy tektonik tuzilmasi. Antekliza yadrosi yoki asosiy platforma poydevori kembriydan oddingi kristall jinslardan tuzilgan; bu jinslar ustida esa choʻkindi jinslar qatlami yotadi. Antekliza asosan bir necha geologik davrlar ichida yuqoriga yoʻnalgan tektonik harakatlar natijasida paydo boʻladi. Bu harakatlar taʼsirida Antekliza yadrosidagi kristall jinsli poydevor har xil tezlik bilan koʻtarilishi natijasida ayrim qismlarga ajralib ketadi. Choʻkindi jinslar qalinligi Antekliza gumbazida uning yon bagʻirlaridagiga qaraganda koʻproq boʻladi. Anteklizaning koʻp joylarida choʻkindi jinslar umuman boʻlmaydi, bunday yerlarda kristall jinsli poydevor yer yuzasiga chiqib qoladi (qarang Sinekliza).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil