Anthony Burgess (talaffuzi: Entoni Byorjess[1]; toʻliq ismi — John Anthony Burgess Wilson (talaffuzi: Jon Entoni Byorjess Uilson), shuningdek Joseph Kell (talaffuzi: Jozef Kell) nomi bilan tanilgan; 1917-yil 25-fevral, Manchester — 22-noyabr, 1993-yil London) — ingliz yozuvchisi va adabiyotshunosi (adabiyot tadqiqotlari, xususan, Shakespeare va Joys asarlari bilan shugʻullangan), musiqa (simfoniya, balet va opera) yaratish, badiiy tarjima va publitsistika bilan ham shugʻullangan.  Burgessning eng mashhur asari distopik-psixologik „Murvatli apelsin“ romanidir.

Hayoti

tahrir

John Anthony Burgess Wilson 1917-yil 25-fevralda Manchester shahrida katolik oilasida tugʻilgan. Burgessning otasi hisobchi boʻlib ishlagan, shuningdek, kechki payt pabda pianino chalardi.  Burgessning onasi Anthony ikki yoshligida gripp pandemiyasi vaqtida vafot etganidan soʻng, otasi 1922-yilda pab egasi bilan oila quradi va tamaki biznesi bilan shugʻullanadi.  Bolani xolasi, keyin oʻgay onasi tarbiyalagan.  Uning otasi 1938-yilda 55 yoshida meros qoldirmay vafot etadi.

Burgess Ksaverian kolleji va Manchester universitetida tahsil olgan, uni 1940-yilda tugatgan va u yerda ingliz tili va adabiyoti va tarixi boʻyicha maʼruzalar kursini oʻqiy boshlagan.  Ikkinchi jahon urushi paytida Burgess armiyada xizmat qilgan.

1942-yilda Burgess Llewela Isherwood Johnsga bilan oila quradi. Lekin Luella Isherwood 1968-yilda jigar sirrozidan vafot etadi. 1946-yildan 1950-yilgacha Burgess Birmingem universitetida dars bergan, Taʼlim vazirligida va Banburi maktabida ishlagan. 1954-yilda Malay Federatsiyasida, 1958-yilda Bruneyda taʼlim inspektori boʻlib ishlaydi.

1959-yilda Anthony Burgess dars berayotgan vaqtida xushidan ketib yiqiladi. Burgessga miya shishi tashxisi qoʻyiladi. Shifokorlar  uning bir-yildan koʻproq umri qolganligi haqida aytishadi. Bu voqea Burgessning yozishni boshlashiga turtki boʻldi. Oʻshandan beri u 50 dan ortiq kitoblarni nashr etdi, jumladan, eng mashhur „Enderbi tetralogiyasi“ va „Murvatli apelsin“ romanlaridir.

1960-1964-yillar oraligʻida Burgess 11 ta roman yozgan.

Uning eng mashhur asari „Murvatli apelsin“, zoʻravonlik, iroda erkinligi va axloq kabi mavzularga bagʻishlangan. Ushbu mashxur roman asosida Stanley Kubrick tomonidan film sur’atga olinadi.

Burgess koʻp tillarda erkin soʻzlasha olgan: rus, nemis, ispan, italyan, uels, yapon va oʻz ona tili ingliz tilida.

Burgess 1993-yil 22-noyabrda Londonda oʻpka saratonidan vafot etdi.

Manbalar

tahrir
  1. „anthony-burgess – Definition, pictures, pronunciation and usage notes“. Oxford Advanced Learner's Dictionary. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-avgust.