thumb|Antiamerikanizmning ramzlaridan biri. Antiamerikanizm yoki amerikanofobiya - Amerika Qoʻshma Shtatlarining siyosati, madaniyati va aholisiga salbiy munosabat. Birinchi marta "antiamerikanizm" atamasi 1948-yilda Fransiyada qoʻllangan[1], oʻshandan beri ichki va tashqi siyosatning turli jihatlari, shuningdek Amerika madaniyati koʻpincha fundamental tanqidlarga uchragan. Biroq, antiamerikanizm alohida harakat yoki mafkura sifatida shakllanmagan. Chunki, bu gʻoya turli davlatlarda turli xil sharoitlar va vaziyatlarda vujudga kelgan. Koʻpincha, diniy hamda siyosiy qarama-qarshiliklar bunga asos boʻlgan.

Bir qator hollarda antiamerikanizm, birinchi navbatda, Amerika xalqining oʻziga yoki madaniyatiga emas, balki Qoʻshma Shtatlarning tashqi (va baʼzan ichki) siyosatiga salbiy munosabatda namoyon boʻladi.

Bu gʻoya Sharl de Goll tomonidan oʻzining mashhur iborasida eng toʻliq shakllantirilgan: "Amerikaliklar oʻzlari oʻylaydigan barcha ahmoqona ishlarni qilishlariga amin boʻlishingiz mumkin, bundan oʻzga tasavvur qilishning iloji yoʻq". Yaʼni amerikliklar qiladigan barcha harakat yoki harakatsizliklar ahmoqonadir. Hatto 20-asr boshlarida Jorj Klemanso ham shunday degan edi: "Amerika sivilizatsiya bosqichini chetlab oʻtib, vahshiylikdan toʻgʻridan-toʻgʻri tanazzulga yuz tutgan yagona mamlakatdir".

  1. Philippe Roger. „The American Enemy. The History of French Anti-Americanism“ (inglizcha) (2005). 29-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2008-yil.