Antib
Antib — Fransiya janubidagi shahar va port, iqlim kurorti. Dengiz boʻyi Alp togʻlari etagida, Moviy qirgʻoqda, Kann shahridan sharqda joylashgan. Aholisi 63 ming kishi (1990). Turizm markazi. Gulchilik va badiiy kulolchilik bilan shugʻullaniladi. Sobiq Grimaldi saroyida Pablo Picasso muzeyi, Antib hududida botanika bogʻi va Napoleon muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi IV asrda yunonlarning Antipolis koloniyasi sifatida asos solingan.
Antib | |
---|---|
Shahar | |
43°34′48″N 7°7′23″E / 43.58000°N 7.12306°E | |
Mamlakat | Fransiya |
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |