Antifa
Antifa (antifashizmdan qisqartma) – fashizm bilan kurashni oʻzining maqsadi qilib olgan xalqaro harakat. Millatchilik va irqchilik bilan kurashuvchi soʻl, soʻl radikal, avtonom partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarni birlashtiradi.
Tarix
tahrir"Antifashistik harakat" termini birinchi marta Italiyada paydo boʻlgan va Mussoliniga qarshilarni belgilashga ishlatilgan. Olmoniyada 1923-yildan boshlab „Antifashistik harakat“ (nemischa: Antifaschistische Aktion ) mavjud edi. Uning ishtirokchilari Olmoniyaning kommunistik, keyinroq esa sotsialistik partiyalaridan kelib, ular inqilobiy maqsadga ega boʻlmaganlar, balki Veymar respublikasining ideallari uchun kurashganlar. Adolf Hitlerning hukumat tepasiga kelishidan keyin, termin isteʼmoldan chiqadi va faqat baʼzan kommunistik qarshilikni ifodalash uchun ishlatiladi.
Olmoniyada 1923-yildan boshlab „Antifashistik harakat“ (nemischa: Antifaschistische Aktion ) mavjud edi. Uning ishtirokchilari Olmoniyaning kommunistik, keyinroq esa sotsialistik partiyalaridan kelib, ular inqilobiy maqsadga ega boʻlmaganlar, balki Veymar respublikasining ideallari uchun kurashganlar. Adolf Hitlerning hukumat tepasiga kelishidan keyin, termin isteʼmoldan chiqadi va faqat baʼzan kommunistik qarshilikni ifodalash uchun ishlatiladi.
1920-1940-yillarda Sovet Ittifoqi tashkilotlarining tavsifida „antifa“ terminini ishlatgan turli xil davlatlarning antifashistik harakatlarini qoʻllagan.
Ulugʻ vatan urushi paytida qoʻlga olingan koʻpchilik harbiy asirlar antifashistlar uchun maxsus kurslardan oʻtishgan. Masalan vengriyalik harbiy asir Pal Maleter Kievda antifashistik taʼlim oladi va kommunistga aylanadi.
Zamonaviy Antifa
tahrirBugungi kunda Antifa termini fashistik tendensiyalarga qarshi kurashuvchi shaxslar yoki guruhlarni ifodalaydi. Har xil guruhlar bunga irqchilik, millatchilik (neomillatchilik), antisemitizm va baʼzan kapitalizmni kiritishadi. Bunday guruhlarning tarmoqlari mavjud; ammo harakatning oʻzi bir xilda emas – guruh va shaxsdan kelib chiqqan holda soʻnggi maqsadlar har xil boʻlishi mumkin.
Havolalar
tahrir- AntiFaning Rossiyadagi tahliliy portali (rus.)
- Xalqaro antifashistik portal (Wayback Machine saytida 2006-11-04 sanasida arxivlangan) (ingl.)
- Antifashistik informatsion-tahliliy portal (rus.)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |