Antifon (yun. antiphonos – javoban sadolanuvchi; anti – qarshi va phon – ovoz, tovush) – ikki xorning yoki yakkaxon xonanda bilan xorning navbatma-navbat kuylashi. Kelib chikishiga koʻra yunon fojiasi bilan bogʻliq boʻlib, unda xor ikkiga ajralib kuylagan. Keyinchalik turli cherkov xorlariga, jumladan xristian diniy-musikiy marosimiga kiritilpsh. A. uslub sifatida Yevropa kompozitorlarining koʻp asarlarida qoʻllangan. Oʻzbek xalqi musiqasida ham A. uslubi mavjud, ayniqsa, anʼanaviy katta ashua, yalla va boshqa ijrochiligida kuzatiladi. „Shashmaqom“ning aytim yoʻllarini ijro etishda yakkaxon bilan bir guruh xonandalar yoki ayollar bilan erka-klarning navbatma-navbat kuylashi ham A. hisoblanadi. M. Burhonov, S. Boboyev, B. Umidjonov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining joʻrsiz xor uchun yaratgan asarlari ham A. ga misol buladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil