Antifriksion materiallar (anti … va lot. frictio — ishqalanish) — sirpanib ishqalanish sharoitida ishlaydigan va ishqalanish koeffitsiyenti past boʻlgan mashina de-tallari (podshipniklar, vtulkalar va boshqalar) uchun ishlatiladigan materiallar. Adgeziyaga chidamlilik xususiyati past, yaxshi ishlanuvchan, issiqlik oʻtkazuvchan va xossalari barqaror. Antifriksion materiallar sifatida podshipnik materiallari (PM) keng tarqalgan. Ular antifriksion xossalaridan tashqari zarur turgʻunlik, moy muhitida korroziyaga chidamlilik, yaxshi ishlanuvchanlik va tejamlilik xususi-yatlariga ega boʻlishi kerak. Ishqalanish yuzasini hosil qiluvchi PM va podship-nikning boshqa qismlariga qoʻyiladigan talablar turlicha boʻlgani uchun podship-nik mustahkam konstruksiyali material (mas, poʻlat) dan, ishqalanuvchi yuza esa Antifriksion materiallar qatlami (mas, babbit) dan yasaladi. PM metall va metallmas materiallarga boʻlinadi. Metall PM ga qalay, qoʻrgʻoshin, mis, pyx, alyuminiy, baʼzi choʻyanlar asosidagi qotishmalar, metal-lmas PM ga baʼzi plastmassalar, yogʻoch asosidagi materiallar, grafit-koʻmir materiallar, rezinalar kiradi. Qalay yoki qoʻrgʻoshin asosidagi PM (babbitlar) poʻlat (baʼzan, bronza) sirtiga quyilgan qatlam koʻrinishidagi podshipniklarda ishlatiladi. Mis asosidagi PM ga qalayli, qalay-qoʻrgʻoshinli bronzalar, baʼzi latunlar kiradi. Qalay yoki qoʻrgʻoshin asosidagi, mis asosidagi PM avtomobil podshipniklari tayyorlashda ishlatiladi. Rux asosidagi PM bronza oʻrnida ishlatiladi. Alyuminiy asosida-gi PM ichki yonuv dvigatellari podship-niklari uchun keng ishlatiladi. Perlit-li kulrang choʻyan maʼlum mikrotuzilishda antifriksion xossaga ega buladi va kichik zuri-qishlar hamda kam tezliklarda ishlaydigan podshipniklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Plastmassa asosidagi PM (tekstolit, yogʻoch shpon, qipiq toʻldirgichli) suv bilan namlanib turadi-gan, kichik aylanish chastotalarida ish-laydigan vallarning podshipniklarida ishlatiladi. Yogoch asosidagi PM, asosan, tabiiy yogʻoch va presslangan yogʻochdan tay-yorlanib, koʻproq suvli joylarda ishlati-ladi. Grafit-koʻmirli PM neft koksi bilan toshkoʻmir smolasi va ozroq tabiiy grafit aralashmasini presslab, soʻngra termik ishlov berib tayyorlanadi. Bular moylanmaydigan, kichik zoʻriqishli va temperaturasi 480° dan oshmaydigan joylarda ishlatiladi. Rezinali PM suvli, kichik zoʻriqishli, aylanishlar soni kam (kichik tezlikli) joylarda, metall-keramik PM gʻovak vtulkalar sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil