Antikoagulyantlar (anti… va lotincha coagulatio — ivitmoq) — qon ivi-shini susaytiruvchi dorilar, ular qon ivishining kuchayishi bilan bogʻliq boʻlgan kasallik holatlarining (trombozlar, tromboemboliyalar, tromboflebitlar) oldini olish va davolash maqsadida ish-latiladi. A.ning 2 xili farq qilinadi. Bevosita taʼsir etuvchi A. (geparin va geparinoidlar) organizmda ham, orga-nizmdan tashqarida ham qon ivishiga toʻsqinlik qiladi, venaga yuborilganda darrov taʼsir koʻrsatadi. Bilvosita taʼsir etuvchi A. (dikumarin, neodiku-marin, shuningdek, fenilin, omefin va boshqalar) faqat organizmda qon ivishiga toʻsqinlik qiladi. Bular ichiladi, erit-malari toʻgʻri ichakka va venaga yuboriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil