Antiseptika -jaroxatga tushgan mikroblarga qarshi kurashish chora tadbirlar yigʻindisi, jarohatlarni va ularni tozalab davolashda ishlati-ladigan asboblarni kimyoviy moddalar bilan yuqumsizlantirish usuli. 1867-yilda ingliz olimi J. Lister fransuz bak-teriologi L. Paster tajribalariga asoslanib operatsion xona havosidagi, jarroh qoʻlidagi va jarohatga ishlati-ladigan narsalar (doka, jarrohlik as-boblari) dagi bakteriyalarni yoʻqotish bilan jarohatlarni koʻpgina asoratlardan saqlab qolish mumkin, degan xulosaga keldi. Buning uchun u 5% li karbol kis-lota eritmasiga hoʻllangan bir necha qavat bogʻlov ishlatdi. Antiseptik kimyoviy preparatlar yuza va chuqur qoʻllanadi. Yuza A.da jarohat va boʻshliklar xlora-min, xloratsid, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqa moddalar eritmasi bilan yuviladi yoki jarohat yuzasiga antisep-tik mazlar (mas, A. V. Vishnevskiy mazi) surtiladi. Chuqur A.da esa avj olayotgan jarohat atrofidagi teri ostiga anti-septik suyuqliklar (furatsilin, riva-nol va boshqa eritmalar), teri osti, muskul orasi yoki venaga antibiotiklar singari antiseptik moddalar yuboriladi. Ikkala holda ham mikroblar yo oʻldiriladi yoki ularning hayot faoliya-ti uchun noqulay sharoit tugʻdiriladi. Hozir mexaniq fi-zik, kimyoviy va biologik A. usullari mavjud. A. jarrohlik davo usulining ajralmas tarkibiy qismidir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil