Antitireoid moddalar
Antitireoid moddalar (ti-reostatik preparatlar) — qalqonsimon bez faoliyatini susaytiradigan dorilar; asosan shu bez faoliyati kuchayganda tavsiya etiladi. Antitireoid moddalar yodli birikmalarning oksidlanishini va tireoid gor-monlar molekulasiga yod qoʻshilishini boshqaruvchi ferment tizimlari faoli-yatini susaytirib, qalqonsimon bezda gormonlar biosintezini toʻxtatib qoʻyadi (blokada) va bu bezni kattalashtiradi. Sintetik yoʻl bilan olingan juda koʻp do-rilar, asosan tiouratsil, tiomochevina hosilalari, paraaminosalitsilat kis-lota, sulfanilamid, tiotsianatlar va boshqa Antitireoid moddalarga kiradi. Baʼzi oʻsimliklar, mas, karam, sholgom va boshqada ham anti-tireoid taʼsir koʻrsatadigan birikmalar kam miqdorda uchraydi. Sintetik Antitireoid moddalar tireotoksikozni davolashda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |