Antoine Griezmann (talaffuzi: Antuan Grizmann; 1991-yil 21-martda Makonda tugʻilgan) – fransuz futbolchisi, hujumchisi va Atlético Madrid futbol klubi yarim himoyachisi[4]. Fransiya terma jamoasining futbolchisi va vitse-sardori hisoblanadi. Futbolchi milliy terma jamoa tarkibida 2018-yilgi jahon chempioni va 2016-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori. EURO-2016 turnirining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan[5].

Antoine Griezmann
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Antoine Griezmann[1]
Tavallud sanasi 21-mart 1991-yil (1991-03-21) (33 yosh)[2]
Tavallud joyi Mâcon, Fransiya[3]
Boʻyi 1.76 m[3]
Ampluasi hujumchi / yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético Madrid
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—1999 Entente Charnay et Mâcon
1999—2005 Mâcon
2005—2009 Real Sociedad
Antoine JCh- 2018da Fransiya gʻalaba qozonganidan keyin jahon chempionati bilan

Xalqaro faoliyati

tahrir

Ispaniyadagi oʻyinlari tufayli Griezmann uzoq vaqt Fransiya yoshlar terma jamoasi murabbiylarining nazaridan chetda qolgan. 2010-yilning 23-fevralida u Ukrainaga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyinida qatnashish uchun Fransiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga kiritilgan. U terma jamoaga faqat 2010-yilning fevralida chaqiruv olgan. Debyut muvaffaqiyatli oʻtgan: Ukraina bilan oʻyinda Antoine 88-daqiqada gʻalaba golini kiritgan. 2010-yil 7-iyunda Griezmann 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Ushbu turnirda Antoine ikkita gol urgan. Fransiya esa finalda Ispaniya terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etib, oʻz ona zaminida chempion boʻlgan.

Antoine Fransiyaning asosiy terma jamoasi safida ilk bor 2014-yilning 5-mart kuni Niderlandiya terma jamoasiga qarshi oʻynagan. Asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchi oʻyinning 68-daqiqasida zaxiraga olingan. 2014-yil 1-may kuni Paragvay terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi birinchi golini kiritgan. Yamayka terma jamoasiga qarshi kechgan 8:0 hisobidagi bahsda u dubl qayd etgan. 2014-yilgi jahon chempionatida u 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Nigeriya terma jamoasi bilan oʻyinda 1/8 finalda bitta gol urgan. Oʻyinning 90-daqiqasida burchak toʻpidan soʻng toʻpni Karim Benzema qabul qilib olgan va Griezmannga uzoqdan uzatma bergan hamda shu tariqa futbolchi raqib darvozasini ishgʻol etgan. Chorak finalda Fransiya terma jamoasi Germaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2016-yilgi Yevropa chempionatida milliy terma jamoada oʻynab, turnirning eng yaxshi futbolchisi va toʻpurari boʻlgan. Bir turnirda oltita gol urgan Griezmann bu koʻrsatkich boʻyicha Mishel Platinidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[6]. 2018-yilgi jahon chempionatida Griezmann Fransiya terma jamoasining tayanch oʻyinchisi boʻlib, yakunda turnir gʻolibiga aylangandi. U jamoaning barcha oʻyinlarida qatnashib, toʻrtta gol urgan, shu jumladan Xorvatiya terma jamoasi bilan final oʻyinida. Turnir yakunida Griezmann „Bronza toʻp“ni qabul qilib olgan.

2022-yil 9-noyabr kuni u Fransiya terma jamoasining Qatarda boʻlib oʻtadigan JCh-2022 oʻyinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibiga kiritilgan[7].

Statistika

tahrir
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Real Sociedad  Ispaniya 2009—2010 39 6 1 0 40 6
2010—2011 37 7 2 0 39 7
2011—2012 35 7 3 1 38 8
2012—2013 34 10 1 1 35 11
2013—2014 35 17 7 3 8 1 50 21
Jami 180 47 14 5 8 1 202 53
Atlético de Madrid  Ispaniya 2014—2015 37 22 7 1 9 2 53 25
2015—2016 38 22 3 3 13 7 54 32
2016—2017 36 16 5 4 12 6 53 26
2017—2018 32 19 3 2 14 8 49 29
2018—2019 37 15 2 2 9 4 48 21
F. C. Barcelona  Ispaniya 2019—2020 35 9 4 4 9 2 48 15
2020—2021 36 13 8 5 7 2 51 20
2021—2022 3 0 3 0
Jami 74 22 12 9 16 4 102 35
Atlético de Madrid  Ispaniya 2021—2022 26 3 1 1 9 4 36 8
2022—2023 14 5 1 0 6 1 21 6
Jami 220 102 22 13 72 32 314 147
Umumiy faoliyatida 474 171 48 27 96 37 618 235

Manbalar

tahrir
  1. „Acta del Partido celebrado el 11 de mayo de 2011, en San Sebastián“ [Minutes of the Match held on 11 May 2011, in San Sebastián] (es). Royal Spanish Football Federation. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  2. „Antoine Griezmann“. EU-Football.info (2016-yil 26-iyun). Qaraldi: 2016-yil 26-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Antoine Griezmann“. FC Barcelona. Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
  4. Joly, Olivier „Griezmann met l'accent là où il faut“ (fr). Le Journal du Dimanche (2014-yil 16-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
  5. „Гризманн — лучший игрок чемпионата Европы-2016“. sport-express.ru (2016-yil 11-iyul). 2021-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  6. „В. Орлов. Феномен Антуана Гризманна. Планета-Дэйли, 11.07.2016“. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  7. „LA LISTE DES VINGT-CINQ POUR LE MONDIAL“ (fr). Федерация футбола Франции (2022-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.