Antokiy
Antokiy, Abdulloh bin Xubayq Sobiq – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Muhammad. Faqat halol rizq talabida boʻlgani, barcha holatda ham taqvoni mustahkam tutgani uchun soʻfiylarning zohidi sifatida mashhur boʻlgan. Kufada tugʻilib, Antokiyada yashagan. Fazl bin Shaxraf bilan suhbatda boʻlgan. Tasavvufda Sufyon Savriy tariqatida boʻlib, uning shogirdlaridan taʼlim olgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat".