Anton Shox
Anton Roxusovich Shox (1960-yil 7-yanvar, Jambil — 2009-yil 7-mart, Ust-Kamenogorsk[1]) — SSSR va Qozogʻistonlik futbolchi va futbol murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | ruscha: Антон Рохусович Шох | ||
Tavallud sanasi | 5-yanvar 1960-yil | ||
Tavallud joyi | Taraz, Jambul viloyati, Qozogʻiston SSR | ||
Vafot sanasi |
7-mart 2009-yil (49 yoshda) | ||
Vafot joyi | Oʻskemen, Qozogʻiston | ||
Boʻyi | 188 cm (6 ft 2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1978—1979 | Ximik | ||
1979—1985 | Qayrat | 86 | (21) |
1986—1989 | Dnepr | 86 | (5) |
1990 | LASK | (0) | |
1990 | Metallurg | 25 | (2) |
1991 | Xapoel Safririm | ||
1992 | Rotor | 14 | (0) |
1992 | Vorskla | 0 | (0) |
1992 | Niva | 2 | (0) |
1993 | Kremen | 2 | (0) |
1994–1995 | MFC Mykolaiv | 11 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
1979 | Qozogʻiston SSR | ||
Boshqargan klublari | |||
1995–1996 | MFC Mykolaiv (yordamchi) | ||
1997 | FC Spartak-Orekhovo Orekhovo-Zuyevo (yordamchi) | ||
1998 | Navbahor Namangan (yordamchi) | ||
2000–2001 | FC Sokol Saratov (yordamchi) | ||
2002 | FC Rotor Volgograd (yordamchi) | ||
2003 | FC Rotor Volgograd (yordamchi) | ||
2004 | FC Ekibastuzets (yordamchi) | ||
2005 | Qozogʻiston U21 | ||
2007 | FC Sodovik Sterlitamak (yordamchi) | ||
2009 | FC Atyrau | ||
2009 | Qozogʻiston U21 | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirFutbolchi
tahrirKelib chiqishi Volga boʻyidan kelgan nemis. Otasi Shox Rohus 50-yillarda qatagʻonga uchrab, 2000-yilda oqlangan.[2]
1978-yili „Ximik“da faoliyatini boshlagan. U birinchi oʻyinini 1979-yil 24-mayda „Meliorator“ga qarshi oʻtkazdi, toʻqson daqiqa oʻynadi va bitta gol urdi.
1979—1985-yillari „Qayrat“da oʻynab, 170 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi. „Qayrat“ safidagi ilk oʻyinini 1979-yil 1-sentabrda "Shaxtyor" (Donetsk) jamoasiga qarshi oʻtkazib. U oʻsha yilning 17-oktabrida "Zarya„ darvozasiga ilk golini urgan, oʻyin 1:1 hisobida durang bilan tugagan. U ikkinchi golini oʻsha yilning 16-noyabrida “Lokomotiv" darvozasiga kiritdi. U 1985-yilda SSSR chempionatida sakkizta gol muallifiga aylandi. Uning „Qayrat“ safidagi soʻnggi oʻyini 1985-yil 19-noyabrda oʻzining boʻlajak klubi „Dnepr“ga qarshi oʻtkazilgan boʻlib, Shox bitta gol urib, 80-daqiqada almashtirilgan. Mazkur bahsda „Qayrat“ 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.[3]
1986-yili „Dnepr“ga oʻtdi. „Dnepr“ safidagi ilk oʻyinini 16-martda „Zenit“ga qarshi oʻtkazdi. Taqdir taqozosi bilan u dneprliklar safidagi ilk golini oʻsha yilning 2-may kuni „Qayrat“ darvozasiga kiritdi, Olmaotadagi oʻyin 2:2 hisobida yakunlangandi. 17-sentabr kuni u UEFA kubogining birinchi bosqichi boʻlgan "Legiya"ga qarshi Yevropa turnirlarida debyut qildi.
1988-yil 8-martda „Dinamo Kiyev“ga qarshi oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. SSSR chempioni boʻldi.
1990-yilda Avstriyaning LASK klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik u yana SSSR, Ukraina va Finlandiya klublarida oʻynab, 1995-yilda faoliyatini yakunladi. Oʻsha yili Ukrainaning „Evis“ klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan.
Murabbiylik
tahrir2004-yili 19 yillik tanaffusdan soʻng Qozogʻiston futboliga qaytdi, „Atirau“ning bosh murabbiy etib tayinlandi. 2004-05-yillarda Qozogʻiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Timofeevning yordamchisi boʻlgan. Ayni vaqtda Qozogʻiston yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.
2009-yilda yana u „Atirau“ jamoasiga, keyin Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga murabbiy boʻldi. Oʻsha yilning mart oyida u „Vostok“ — „Atirau“ uchrashuvidan soʻng toʻsatdan vafot etdi. U Volgoradda, ota-bobolari yonida dafn etilgan.
Yutuqlar
tahrir- Dnepr
- SSSR chempioni: 1988
- SSSR chempionatining kumush medali sovrindori: 1987, 1989
- SSSR kubogi: 1989
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.gazeta.ru/sport/2009/03/a_2954355.shtml
- ↑ „Завтра Волгоград простится с Антоном Шохом“ (deadlink). 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2016-yil.
- ↑ „Дебют Титова и Тихонова омрачился смертью“. Газета.Ru.