Antoni van Levenguk (Leeuwenhoek) (1632-yil 24-oktyabr - Delft - 1723-yil 26-avgust) — golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1680-yildan). Optik shishalarni silliqlash sanʼatini egallagan (deyarli 300-marta kattalashtiradigan linzalar tayyorlagan). Oʻzi tayyorlagan linzalar yordamida birinchi boʻlib mikroskopik organizmlar (xususan, bakteriyalar), qonning kapillyarlarda harakatlanishi, eritrotsitlar, alohida oʻsimlik va hayvon hujayralari, tuxum va murtakni kuzatgan; muskul toʻqimasi, oʻsimlik va hayvonlarning organlari va boshqa qismlarini tasvirlab bergan. Birinchi marta oʻsimlik zararkunandalari — shiralarda partenogenez tasvirlagan. S. Gam bilan birgalikda odam va hayvonlar spermatozoidlarni tasvirlab bergan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil