Anvar qori Tursunov
Anvar qori Tursunov (oʻzbekcha: Анвар қори Турсунов; ruscha: Анвар-кори Турсунов) Toshkent shahridagi Koʻkaldosh jome masjidining taniqli imom-xatibi boʻlgan. 2009-yilning 31-iyulida unga bir necha marta pichoq bilan zarba berilgan, ammo Tursunov ushbu jarohatdan tuzalib ketgan.
Faoliyati
tahrirAnvar qori Tursunov Oʻzbekistonda ekstremistik islomiy faoliyatga qarshi faol kurashgan va „Hizb-ut-Tahrir“ va Oʻzbekiston islomiy harakati kabi noqonuniy islomiy guruhlarga aʼzolikda gumon qilingan ayblanuvchilarning sud jarayonlarida koʻpincha guvohi sifatida ishtirok etgan[1].
Anvar qori Tursunov oʻzbek musulmonlarini hijob oʻrash kabi yot taʼsirlarga qarshi turishga chaqirgan edi[2]. U „Hidoyat sari“ telekoʻrsatuvida dinga nisbatan oʻzining koʻplab qarashlarini qoʻllab-quvvatlagan[3]. Qori, shuningdek, Oʻzbekiston bosh muftiysi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbari lavozimlarini egallashi mumkin boʻlgan shaxslardan biri sifatida tilga olingan[4].
Pichoqlashuv
tahrir2009-yil 31-iyul kuni tungi soat 22:30 da Tursunov Yangiobod tumanidagi uyida boʻlgan vaqtida uning eshigi taqillaydi. Oʻgʻli eshikni ochadi va unga otasining diniy marosimga taklif qilinayotganini aytishadi. Tursunov eshik oldiga kelganida, unga uch kishi sakkiz marta, besh marta qoʻliga, uch marta qorniga pichoq bilan zarba berishadi. Keyin esa hujumchilar voqea joyidan qochib ketishadi[5][6].
Oʻzbekiston hukumati hujumchilardan biri 2009-yil 29-avgust kuni Toshkentda sodir etilgan otishma chogʻida oʻldirilgani xabar qilingan Oʻzbekiston islomiy harakati aʼzosi Shavkat Mahmudov ekanligini daʼvo qiladi[7].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Pannier, Bruce. „Motives Behind Attack On Uzbek Imam Remain Unclear“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2009-yil 4-avgust).
- ↑ „Uzbek Cleric Warns Against Hijab, 'Foreign Influences'“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2009-yil 30-yanvar).
- ↑ Uzbek TV's religious broadcast warns youth of "slanders" on the Internet. BBC Monitoring Central Asia Unit (2008-yil 5-iyun).
- ↑ „Uzbekistan: Murdered Official Linked to Interior Ministry's Religious Squad“. EurasiaNet (2009-yil 14-avgust).
- ↑ Pannier, Bruce. „Motives Behind Attack On Uzbek Imam Remain Unclear“. Radio Free Europe/Radio Liberty (2009-yil 4-avgust).
- ↑ „Uzbekistan: Murdered Official Linked to Interior Ministry's Religious Squad“. EurasiaNet (2009-yil 14-avgust).
- ↑ Tynan, Deirdre. „Authorities Link Tashkent Shootout in August to Islamic Movement of Uzbekistan“. EurasiaNet (2009-yil 9-sentyabr).