Anzirat goʻshtxoʻr, tragakant (Tragacantha) — astragalning Astragalus piletacladus, A. dasyahthus, A. gummifera va boshqa turlaridan olinadigan rangsiz yoki sargish muguzsimon yelim; suvda boʻkadi. Qadimdan Sharq, jumladan, Oʻrta Osiyo tabobatida anzarut katiro nomi bilan koʻp kasalliklarni davolashda ishlatib ke-lingan. Tulkimashoq (tulki soka)ning A. dasyahthus turidan olinadigan yelim (Sharqda katiro nomi bilan mashhur) buy-rak, yurak kasalliklari va gipertoniyani davolashda, shuningdek toʻqimachilik, koʻnchilik, qogʻoz ishlab chiqarish, qandolat, boʻyoqchilik sanoatlarida qoʻllanadi. A.g. aqoqiyo va agar-agar oʻrnida ham ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil