Aorta bifurkatsiyasi
Aorta bifurkatsiyasi qorin aortasining chap va oʻng umumiy yonbosh arteriyalariga nuqtasidir. Aorta bifurkatsiyasi odatda 4-bel umurtqasi L4 sohasida[1] chap va oʻng umumiy yonbosh venalarining birlashmasidan biroz yuqorida joylashgan boʻladi.
Oʻng umumiy yonbosh arteriyasi chap umumiy yonbosh venasi oldidan oʻtadi. Baʼzilarda, asosan, bel lordozi boʻlgan ayollarda bu tomir umurtqa pogʻonasi va arteriya oʻrtasida siqilib qolishi mumkin. Bu Cockett sindromi yoki May-Thurner sindromi deb atalib[2], venoz oqimning sekinlashishiga va asosan homiladorlik paytida chap oyoqda chuqur venoz trombozning kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Bu ikki yirik arterial qon tomiri – chap va oʻng yonbosh arteriyalari ikkita oyoqni kislorod va ozuqa moddalar bilan taʼminlaydi.
Tananing tashqi sohasida bifurkatsiya taxminan kindik sohasiga toʻgʻri keladi[3].
Galereya
tahrir-
Qorin aortasi va uning tarmoqlari.
-
Simpatik poyaning qorin qismi quyosh chigali va yuqori gipogastrik chigal bilan birgalikda koʻrinishi.
-
Qorin parda olib tashlangan holdagi qorinning orqa devori, buyraklar, buyrak usti kapsulasi va yirik tomirlar koʻrinishi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Bifurcation level of the aorta: landmark for pelvic irradiation“. Radiology. 115-jild, № 3. 735-bet. doi:10.1148/15.3.735. PMID 1129492.
- ↑ „Clinical presentations of Cockett's syndrome“. Nouv Presse Med. 70-jild, № 12. 1981. 959–62-bet. PMID 7208320.
- ↑ Attwell, Lukas; Rosen, Sarah; Upadhyay, Bhavin; Gogalniceanu, Peter (5-iyun 2015-yil). „The umbilicus: a reliable surface landmark for the aortic bifurcation?“. Surgical and Radiologic Anatomy. 37-jild, № 10. 1239–1242-bet. doi:10.1007/s00276-015-1500-1. PMID 26044782.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()