Apart (frans. aparte – bir tomonga) – goʻyo sahnadagilar eshitmaydi, deb faraz qilinib aytiladigan monolog va luqmalar. Apart usuli dramaturgiyada miloddan avvalgi ham qoʻllangan. Qatnashuvchining fikri, his-tuygʻulari va rejalarini izohlash uchun ishlatilgan. Apartlar 19-asrda keng qoʻllangan. Oʻzbek teatrida ham qoʻllanib kelinadi (masalan, Uygʻun, „Parvona“).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil