Apellyatsiya (lot. appellatio – mu-rojaat qilish; shikoyat qilish; norozilik bildirish) – sud hukmi ustidan shikoyat arizasi berishning bir shakli. A. Fran-siya jinoyat-protsessual kodeksiga (1808-yil), jahonning boshqa koʻpchilik davlat-lari jinoyat-protsessual qonunlariga kiritilgan. OʻzRda 1994-yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan amalga kiritilgan Jinoyat-protsessual kodeksida ushbu tartib koʻrsatilmagan, ammo A. tartibida ish koʻrishning ayrim aniq masalalariga oid qismlari yangi JPKning 490-moddasida nazarda tutil-gan qoidaga koʻra, A. kassatsiya instansi-yasida ish koʻradigan sudda qoʻllanadi. Sud hukmi ustidan A. tartibida shikoyat berish yoʻl qoʻyilgan davlatlarning ji-noyat-protsessual qonunida A. tushuncha-si 2-bosqich sudida jinoyat ishini maz-munan hal qilish uchun yangidan koʻrish mumkinligini bildiradi. A. sudi (2-bosqich sudi) hukmning qonuniyligi va asosligini faqat shikoyat (protest)da koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tekshiradi. A. sudi ishdagi yozma materiallarga taya-nib, oʻz qarorini qabul qiladi. Bu sudda 1-instansiya sudida soʻroq qilingan gu-voxlar takroran soʻroq qilinmaydi, da-lillarni bevosita va ogʻzaki tekshirish, sud ishlarini yuritishdagi tortishuv, mahkumni himoya huquqi bilan taʼminlash va ishni uzoq muddat davomida koʻrishdek holatlar chegaralanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil