Aposteriori va apriori (lot. a posteriori — tajribadan soʻng va a priori — tajribagacha) — bilim va uning manbalariga oid falsafiy terminlar. Aposteriori — hissiy bilish orqali tajribadan olingan bilim. Apriori — ongga xos boʻlgan tugʻma bilim. Kant falsafasida bilim bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki qismga — tajribaga-cha va tajribadan soʻng vujudga keluvchi bilimlarga boʻlib tekshiriladi. Kantda makon va zamon kabi tushunchalar sof apriori tushunchalar hisoblanadi, biroq idroksiz, faqat ular yordamidagina hech qanday bilimga erishish mumkin emas. 20-asrda neokantchilik, pragmatizm va konvensionalizm asosida apriorilikning funksional gʻoyasi deb ataladigan gʻoya vujudga keldi, unga koʻra apriori 580qoidalari — fandagi ana shu dastlabki farazlar shartlilik, konvensionallik holatini oʻz ichiga oladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil