ʼ (belgi)

diakritik belgi
(Apostrofdan yoʻnaltirildi)
ʼ

ʼlotin alifbosida yoziladigan tillarda ishlatiladigan belgi. Bu belgi baʼzi tillarda fonetik ayirishni ifodalaydi. Oʻzbek tilida bu belgi „tutuq belgisi“ deb ataladi va oʻzbek lotin alifbosining qoʻshimcha harfi hisoblanadi. Oʻzbek lotin yozuvida bu belgi kirill alifbosidagi ayirish belgisi („ъ“) oʻrnida ishlatiladi.

Oʻzbek lotin yozuvida tutuq belgisida ikki vazifa bor: (1) aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, eʼtiqod, feʼl, maʼyus, meʼmor, neʼmat, raʼy, taʼb, taʼzim, shuʼla kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan keyin kelib, shu unli tovushning choʻziqroq aytilishini ifodalaydi va (2) inʼom, masʼul, sanʼat, qatʼiy kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan oldin kelib, shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalaydi.

Oʻzbek lotin yozuvida ishlatilishi

tahrir

Oʻzbek tilida tutuq belgisini yozishda yoki yozuvni oʻzgartiruvchi apostrof (inglizcha: modifier letter apostrophe) (ʼ) (U+02BC), yoki oʻng yakka tirnoq (inglizcha: right single quotation mark) (’) (U+2019) qoʻllanadi. Qaysi belgi ishlatilishi kerakligi rasman belgilanmagan. Shunday boʻlsa-da, Unicode Consortium saytida oʻzbekcha tutuq belgisini yozish uchun yozuvni oʻzgartuvchi apostrof ishlatilishi kerak, deyilgan[1].

Unicode kodi Inglizcha nomi Oʻzbekcha nomi Misol
U+02BC modifier letter apostrophe yozuvni oʻzgartuvchi apostrof maʼno
U+2019 right single quotation mark oʻng yakka tirnoq maʼno

Oʻzbekcha Vikipediya va boshqa baʼzi bir saytlarda aynan shu belgi ishlatiladi[2]. Aksar davlat saytlari esa oʻng yakka tirnoqni ishlatishadi[3]. Asosiysi ishlatilgan belgi chiziqdan yuqorida yozilgan, teshigi boʻyalgan 9 raqamiga oʻxshashi kerak (9). Koʻp shriftlarda bu qator yuqorisida yozilgan vergulga oʻxshaydi.

Oʻzbek tilida yozuvni oʻzgartuvchi apostrof/oʻng yakka tirnoq „oʻ“ va „gʻ“ harflarini yozishda ishlatilmasligi kerak: tutuq belgisi kirill yozuvidagi ayirish belgisi („ъ“) oʻrnida qoʻllanadi.

Vazifasi

tahrir

Oʻzbek lotin yozuvida tutuq belgisida ikki vazifa bor: (1) aʼlo, baʼzan, eʼlon, eʼtibor, eʼtiqod, feʼl, maʼyus, meʼmor, neʼmat, raʼy, taʼb, taʼzim, shuʼla kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan keyin kelib, shu unli tovushning choʻziqroq aytilishini ifodaydi va (2) inʼom, masʼul, sanʼat, qatʼiy kabi oʻzlashma soʻzlarda unlidan oldin kelib, shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalaydi.

Muammolar

tahrir

Oʻzbek lotin yozuvida ʼ belgisini ishlatish koʻp qiyinchiliklar tugʻdiradi. Birinchidan, yuqorida aytib oʻtilganidek, yozuvni oʻzgartiruvchi apostrof (inglizcha: modifier letter apostrophe) yoki oʻng yakka tirnoq (inglizcha: right single quotation mark) ishlatish kerakligi haqida rasmiy qoida yoʻq. Ikkinchidan, komputerlarda yozuvni oʻzgartuvchi apostrof uchun alohida klavish yoʻq. ʼ belgisi bilan yana bir muammo hozirda baʼzi mobil moslamalar mazkur belgini koʻrsatib bera olmaydi. Oʻng yakka tirnoq belgisini esa deyarli barcha mobil moslama koʻrsata oladi.

Misollar

tahrir

Misol soʻzlar: maʼno, aʼlo; ammo gʻalati, oʻzbek.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „The Unicode Consortium website“. Qaraldi: 3-mart.
  2. „OʻzLib saytining bosh sahifasi“. 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr, 2012.
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali“. 2012-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr, 2012.

Havolalar

tahrir
Oʻzbek lotin alifbosi

Aa | Bb | Dd | Ee | Ff | Gg | Hh | Ii | Jj | Kk | Ll | Mm | Nn | Oo | Pp | Qq | Rr | Ss | Tt | Uu | Vv | Xx | Yy | Zz | | | Sh | Ch | Ng | ʼ (tutuq belgisi)