Appalachi togʻlari
Appalachi togʻlari — Shimoliy Amerikadagi togʻlar, AQSH bilan Kanada hududida. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 2600 km choʻzilgan, eni 300 — 500 km. Eng baland choʻqqisi — Mitchell togʻi (2030 m). Appalachi togʻlari janubi-sharqiy va shimoliy qismlari paleozoy erasida burmalangan kristall jinslar (gneyslar, kristalli slaneslar, kvarsitlar)dan, janubi-gʻarbiy qismi choʻkindi jinslar — ohaktosh, qumtosh, gilli slaneslardan tashkil topgan. Me-zozoy va kaynozoyda togʻlar gum-bazeimon 581koʻtarilgan. Togʻlarni koʻpdan-koʻp daryolar parchalab yuborgan. Shimoliy tomonlari relefini toʻrtlamchi davr muzliklari ancha oʻzgartirgan. Appalachi togʻlari iqlimini Atlan-tika okeani yumshatib turadi. Yogʻin 1000 — 1300 mm. Jan.da togʻ yon bagʻirlari 1000 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, undan yuqorida aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Appalachi togʻlarida toshkoʻmir, neft, temir rudasi, mis, kumush, kobalt bor. Appalachi togʻlarida 2 ta millim park mavjud. Turizm va ovchilik rayoni.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |