Apparat funksiyasi
Apparat funksiyasi — oʻlchov asbobining unda oʻlchangan kattalikni oʻlchanguncha boʻlgan haqiqiy qiymati bilan bogʻlovchi harakteristikam. Koʻp hollarda spektrofotometrlarning Apparat funksiyasi ni bilish talab qilinadi. Oʻlchov asbobining Apparat funksiyasi nazariy yoʻl bilan hisoblab topiladi. Mas, spektrometrning Apparat funksiyasi yoyuvchi element (prizma, difraksion panjara), kolli-mator koʻzgusi, tirqishning optik para-metrlari yordamida hisoblanadi. Spek-trometrning Apparat funksiyasi tajriba yoʻli bilan ham aniqlanishi mumkin. Bunda spektrometr kirish tirqishi v chastotali monoxro-matik nur bilan yoritiladi va spektromet-rda chastota oʻzgartirilganda shu chastota atrofidagi yorugʻlik oqimi taqsimoti oʻlchanadi, bu taqsimot asbobning Apparat funksiyasi ga mos keladi. Tasvir hosil qiluvchi optik asboblar (fotoapparat, teleskop, mikroskop va boshqalar)ning Apparat funksiyasi asbob hosil qilayotgan cheksiz kichik nurlanuvchi nuqtaning tasvirida-gi yoritilganlik taqsimotini koʻrsatadi. Ideal optik asbob nuqtaviy yoritqich tasvirini nuqta shaklida hosil qiladi va uning Apparat funksiyasi nuqtadan tashqarida nolga teng boʻladi. Real optik asboblarda nuqtaviy yoritqich tasviri yorugʻ dogʻ sha-kliga ega boʻladi va asbobning Apparat funksiyasi nuqta atrofida nolga teng emas. Asbobning Apparat funksiyasi uning ajrata olish qobiliyatini ham belgilaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |