Appersepsiya
Appersepsiya (lot. ad — ga, perceptio — idrok, qabul qilish) — psi-xologiyadagi tushuncha. Idrok jarayonining shaxsning avvalgi bilim va tajri-balari, qiziqishi, ehtiyoji va odatlari, yoshi, jinsi, maʼlumoti, kasbi, umuman psixik hayotning barcha mazmuni bilan bogʻlanishi anglashiladi. A. hodisasi tufayli kishilar idrokining mazmuni bir-biridan farq qiladi, yaʼni kishilar aynan bir xil narsani oʻz bilim da-rajasi, turmush tajribasi, dunyoqarashi hamda ijtimoiy kelib chiqishiga qarab turlicha idrok qiladilar. Mas, „re-aksiya“ soʻzini kimyogarlar moddalarning kimyoviy yoʻl bilan birikishi yoki ajralishi deb, sotsiologlar tarixiy taraqqiyotda orqaga chekinish deb, psi-xolog va fiziologlar esa organizmning taʼsirotga nisbatan qaytargan javob harakati deb idrok qiladilar. A. ter-minini baʼzan idrokning aniqligi, toʻliqligi, yorqinligi kabi sifatlari maʼnosida ham ishlatiladi. A. hodisasi barqaror va vaqtincha deb ataluvchi 2 qismga boʻlinadi. Barqaror A. shax-sning dunyoqarashi, eʼtiqodi, ideali, bilim va madaniy saviyasi, kasbi hamda qiziqishlariga; vaqtincha A. esa faqat shaxsning idrok jarayonidagi hissiy holati, kayfiyatiga bogʻliq.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |