Appretlash (frans. appreter – uzil-kesil ishlov berish) – gazlamalarga turli pardoz eritmalari (appretlar) 583 shimdirib yoki surtib zeb berish, ularni pishiq, yumshoq yoki qattiq qilish. Ip-gazlama, ayniqsa, kanop matolarga kraxmal appretlar bilan ishlov berilganda mato pishiqlashadi, koʻrkamlashadi. Kraxmal appretlar tarkibiga kraxmal va uning gidrolizidan tashqari yumshatuvchi moddalar (yogʻ, moy, sovun), gigroskopik moddalar (glitserin, osh tuzi), gazmolga jilva beradigan moddalar (mum, parafin), antiseptik moddalar (formalin, solitsilat kombinata, mis tuzlari) va boshqa qoʻshiladi. Jun va ipak matolarga ishlov berishda kraxmal oʻrnida pitir goʻshtidan tayyorlanadigan yelim, jelatin va boshqa ishlatiladi. Turli sintetik smolalar qoʻshib ishlov berilganda mato gʻijimlanmaydigan, gidrofob bilan ishlov berilganda suv oʻtkazmaydigan, mis va xrom tuzlari ekstrati bilan ishlov berilganda chirimaydigan; surma, titan, qoʻrgʻoshin tuzlari, xlorlangan uglevodorodlar bilan ishlov berilganda yonmaydigan; ftor tuzlari, xlorli preparatlar bilan ishlov berilganda kuya tushmaydigan boʻladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil