Aqcha — oʻtmishda Turkistonda savdo-sotiq, toʻlov muomalalarida narx, baho, qiymat oʻlchovi boʻlgan pul bir-ligi. Aksariyat hollarda aqcha kumushdan zarb qilingan. Kumushning rangi oq boʻlgani uchun ham, mazkur pul birligi aqcha deb nomlangan; yaʼni aq (oq) — cha. Ilk marta aqcha istilohi Bariq daryosi havzasidan topilgan qadimgi turkiy bitik tosh matnida qayd etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil