Aqli norasolik
Aqli norasolik – (jinoyat huquqida) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida shaxsning ruhiy kasalligi tufayli oʻz harakatlari yuzasidan oʻziga hisob bera olmaydigan va oʻz harakatlarini idora qila olmaydigan holati. Aqli norasolik ikki mezon: tibbiy (biologik) va yuridik mezon orqali aniqlanadi. Tibbiy (biologik) mezon shaxsda surunkali ruhiy kasallikni yoki ruhiy holatning vaqtincha buzilganligi yoxud aqli zaiflik yoki boshqacha tarzdagi ruhiy kasallikning mavjudligini bildiradi. Yuridik mezon shaxsning oʻz harakatlari yuzasidan oʻziga hisob bera olmasligi (tafakkur mezoni) va oʻz harakatlarini idora qila olmasligi (irodaviy mezon)dir. Shaxsni ruhiy kasal deb hisoblash uchun tibbiy va yuridik mezonlarning zohirligi talab qilinadi. Shaxsning ruhiy kasallik holatini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. Ekspertiza shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish paytida aqli noraso holatda boʻlgan, deb xulosa bersa, uning qilmishi jinoyat hisoblanmaydi va javobgarlikka tortilmaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |