Aqtau (shahar)
Aqtau — (qozoqcha: Ақтау) Qozogʻistonning janubi-gʻarbida joylashgan shahar, Mangʻistau viloyatining markazi. Shaharda dengiz va havo porti mavjud. Aqtau shahri 1964-yildan 1991-yilgacha ukrain shoiri Taras Shevchenkoning hurmatiga Shevchenko deb atalgan.
Aqtau qoz. Ақтау | |
---|---|
shahar | |
43°39′0″N 51°09′0″E / 43.65000°N 51.15000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Mangʻistau viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Khamzin Zakir Ildusovich |
Asos solingan | 1961 |
Ilk eslatilishi | 1961 |
Avvalgi nomlari | Aktauskiy, Aktau, Shevchenko, Gurev-20 |
Maydon | 165,642 km2 (63,955 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
181,905[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 70,07 % ruslar 20,57 % ozarbayjonlar 2,55 % ukrainlar 1,14 % tatarlar 0,83 % boshqalari 3,87 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 7292[2] |
Pochta indeks(lar)i | 130000[3] |
Avtomobil kodi | R, 12 |
|
Geografiyasi
tahrirShahar Kaspiy dengizining sharq qirgʻogʻida joylashgan. Shaharning janubi-sharqida 40 km uzoqlikda Qaraqiya tekisligi bor. Hududi tekis va asosan korrozik va deflyatsik harakatlardan iborat. Sovet Ittifoqining tadqiqotlariga koʻra: Yevropa va Osiyoning chegarasi Mugʻaljardan boshlanib, Embi dayosi boʻylab Kaspiy dengizigacha. 1950-yillargacha Qozogʻiston hududi Yevropa chegarasi Yoyiq daryosining yoqasi bilan chegaradosh edi[4]. 2010-yilning aprel may oylarida rus geografik jamoatining ekspeditsiyasi Yevropa chegarasini Mugʻaljar orqali, Kaspiy qirgʻogʻi tekisligidan oʻtishi kerak degan hulosaga keldilar. Yevropa chegarasi hozirgidan bir necha barovar janubgacha choʻziladi. Hozirgi kunda rus geografik jamoati olimlar hamjamiyatining fikri Xalqaro geografik ittifoqning tasdiqlashiga erisha olmadi. Demak, agar Xalqaro geografik jamoat rus geografik jamoatining hulosasini tasdiqlasa, Mangʻistau viloyatining bir qismi Yevropada joylashgan boʻladi.
Transporti
tahrirAqtauda temir yoʻl vokzali yoʻq. Poezdlar Mangʻishlaq stansiyasiga kelib toʻxtaydi. Shahar va stansiya orasida № 101 avtobusi bilan taksilar qatnaydi, masofasi — 20 km. Aqtau porti Kaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan. Aqtau turli xalqaro yuklarni, neft va neft mahsulotlarini tashishga moslangan Qozogʻistondagi yagona port boʻlib hisoblanadi.
Aholisi
tahrirMillat | Aholi soni 1.01.2012[5] |
Foiz % |
---|---|---|
Qozoqlar | 126 377 | 70,07 |
Ruslar | 37 102 | 20,57 |
Ozarbayjonlar | 4 596 | 2,55 |
Ukrainlar | 2 051 | 1,14 |
Lezginlar | 1 753 | 0,97 |
Tatarlar | 1 495 | 0,83 |
Armanlar | 1 025 | 0,57 |
Oʻzbeklar | 852 | 0,47 |
Koreyslar | 680 | 0,38 |
Chechenlar | 598 | 0,33 |
Gurjinlar | 343 | 0,19 |
Qirgʻizlar | 295 | 0,16 |
Olmonlar | 288 | 0,16 |
Qoraqalpoqlar | 277 | 0,15 |
Beloruslar | 247 | 0,14 |
Udinlar | 203 | 0,11 |
Osetinlar | 183 | 0,10 |
boshqalar | 1 995 | 1,11 |
Jami: | 180 360 | 100,00 |
Madaniyati
tahrirAqtauda Abay nomidagi madaniyat uyi, N. Jantoʻrin nomidagi drama teatri, koʻplab kinoteatrlar, yungi klublar bor. Dengiz qirgʻogʻida turli oʻyingohlar, sport va madaniy komplekslar, hordiq chiqarish parklari mavjud.
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
- ↑ „Телефонные коды“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
- ↑ „Где кончается Европа?“. Урал - граница Европы и Азии. Русское географическое общество. 2012-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-avgust.
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam, 2012-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-02
Havolalar
tahrirVikiomborda Aqtau (shahar) haqida turkum mavjud |
- Аппарат акима города Актау (Wayback Machine saytida 2011-09-16 sanasida arxivlangan)
- Акимат Мангистауской области (Wayback Machine saytida 2006-11-14 sanasida arxivlangan)