Arab raqamlari — oʻnta matematik belgi 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9. Bu raqamlar bilan istalgan katta yoki kichik sonni yozish mumkin. Arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VI-asrdan boshlab arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qyooʻlanilgan. Al-Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan oʻn raqamdan iborat martabali sanoq tizimini oʻrgandi, soddalashtirdi, kengaytirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Xorazmiy „Arifmetika“si bilan birga bu hind raqamlari arab dunyosiga kirib keldi. Xorazmiyning bu asari arabchadan lotinchaga tarjima qilinib, X-asrda Ispaniyaga, XII-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaldi. Arab raqamlari hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tarqatgan al-Xorazmiy ekani Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“ asarida ham aytib oʻtilgan.

Hind raqamlarining arab raqamlariga aylanishi va Yevropada qabul qilinishi

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil