Aralash javobgarlik — amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatda ishtirok etayotgan taraflar majburiyatni tula yoki qisman bajarmaslikda javobgar boʻlishi. Aralash javobgarlik asoslarini va taraflarning oʻz majburi-yatlarini shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida bajarmaslik natija-sida yetkazilgan zarar har ikki tarafga teng yoki biriga koʻproq, ikkinchisiga kamroq taqsimlanadi. Masalan, jabrlanuvchi oʻzining qoʻpol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga koʻmaklashgan boʻlsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi dara-jasiga qarab, tovon miqdori kamaytiri-lishi lozim (Oʻzbekiston Respublikasi FK,104-modda). Ishni koʻrayotgan sud yoki xoʻjalik sudi Aralash javobgarlik aniqlanganda taraflarning zarar yetka-zishdagi ayb darajalariga qarab, ja-vobgarlik doirasini asosli, qonuniy va adolatli taqsimlashi shart. Aralash javobgarlik haqida taraflar oʻzaro tuzgan shartnomalarida oldindan kelishib olishlari mumkin, bu tartib keyinchalik ehtimoliy nizolarning oldini oladi yoki tez va toʻgʻri hal boʻlishida yordam beradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil