Aralash koʻpaytma
(Aralash ko‘paytmadan yoʻnaltirildi)
Aralash koʻpaytma — uchta (a, b, s) vektorga mos qoʻyilgan son. U ikkita (a, b) vektorlarning vektor koʻpaytmasi uchinchi (s) vektor bilan ska-lyar koʻpaytmasiga teng. Aralash koʻpaytma (a, b) s kabi belgilanadi. Aralash koʻpaytma skalyar son boʻlib, uning ishorasi a, b, s vektorlari bilan ko-ordinata vektorlarning oriyentatsiyalari bir xil boʻlganda musbat, aks holda esa manfiy boʻladi. Aralash koʻpaytma qiymati geometrik nuqtai nazardan a, b, s vektorlarga yasal-gan parallelepi-pedning hajmiga teng .
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |