Ararat tekisligi
Ararat tekisligi—(armancha: Արարատյան դաշտ'[lower-alpha 1]), Turkiyadagi Igʻdir tekisligi (turkcha: Iğdır Ovası) deb ataladi[1]. Arman togʻlarining eng katta tekisliklaridan biri hisoblanadi. U Sevan havzasidan gʻarbda, Gegham togʻlari etaklarida choʻzilgan. Shimolda tekislik Aragats togʻi va janubda Ararat togʻi bilan chegaradosh.
Aras daryosi tomonidan ikki qismga boʻlingan, shimoliy qismi Armanistonda, janubiy qismi Turkiyada joylashgan[2]. Tekislikning turk qismi Muhim qushlar yashash hududidir[3].
Etimologiyasi
tahrirOʻrta asr arman tarixchisi Movses Khorenatsi oʻzining "Armaniston tarixi" asarida Ararat tekisligi Amasiyaning nevarasi Xushbichim Qirol Ara sharafiga nomlanganligini yozgan[4].
Iqlimi
tahrirArarat tekisligi va Sevan havzasi quyoshli iqlimga ega va Armanistonning eng quyoshli hududlaridan biri boʻlib, yiliga 2700 soat quyosh nurini o'ziga oladi. Quyosh nurlarining eng qisqa davomiyligi oʻrmon zonasining oʻrta togʻli hududlarida (taxminan 2000 soat) kuzatiladi. Togʻ etaklarida iyun-oktyabr oylari orasida quyoshsiz kun kam boʻladi[5].
Qishloq xoʻjaligi
tahrirArarat tekisligi Armanistonning umumiy yer maydonining 4% ni tashkil qiladi, ammo u Armaniston dehqonchilik mahsulotlarining 40% hosilni yetkazib beradi[5]. Tekislikning Turkiya qismidagi 1525 gektar maydonda oʻrik yetishtiriladi[6].
Arxeologiyasi
tahrirBu hudud neolit yoki ilk xalkolit davridan beri rivojlanib kelgan.
Aratashenda birinchi kulolchilik na'munalari miloddan avvalgi V ming yillikning oxirlarida yoki miloddan avvalgi 4000 yillardan oldin paydo boʻlgan[7].
Galereyasi
tahrir-
Ararat tekisligining umumiy koʻrinishi
-
Sunʼiy yoʻldosh tasviri
-
Tabiiy xaritadagi koʻrinishi
Eslatmalar
tahrir- ↑ Reformed spelling: Արարատյան դաշտ
Manbalar
tahrir- ↑ „Iğdır Ovası“ (tr). Doğa Derneği. Qaraldi: 2021-yil 21-dekabr.
- ↑ Dowsett. „Armenia“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
- ↑ „Iğdır Plain“. BirdLife International. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ „Mount Ararat Expedition!“. Ararat Expedition. Qaraldi: 2015-yil 10-yanvar.
- ↑ 5,0 5,1 Petrosian, Irina. Armenian Food: Fact, Fiction & Folklore. LuLu, May 15, 2006 — 23-bet. ISBN 1411698657.
- ↑ „İlimiz“ (tr). Iğdır İl Tarım ve Orman Müdürlüğü. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ Ruben BADALYAN, Pierre LOMBARD, THE NEOLITHIC AND CHALCOLITHIC PHASES IN THE ARARAT PLAIN (ARMENIA): THE VIEW FROM ARATASHEN (PDF file) 2004