Arats (moʻgʻ.: ард — ishchi, xalq) — moʻgʻul koʻchmanchi dehqonlarining ijtimoiy-etnik jamoasi. Ular Mongoliyada, Xitoyda yashaydilar. Asosiy kasbi koʻchmanchi chorvachilik hisoblanadi. 1921-yilgi inqilobidan oldin aratlar Mongoliya aholisining 92,2 foizini tashkil etgan hamda chorva mollarining 50,5 foiziga egalik qilganlar. Xitoyda yashovchi aratlar Ichki Mongoliya, Shinjon-Uygʻur muxtor rayoni hamda Sinxay provinsiyasi aholisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tiva Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi)ning qishloq aholisi ham aratlar deb ataladi.

Adabiyot

tahrir
  • Араты // Казахстан. Национальная энциклопедия (рус.). Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2004. Т. I. — ISBN 9965-9389-9-7. (CC BY-SA 3.0);
  • Араты // Большая советская энциклопедия: [в 30 т.] / гл. ред. А.М. Прохоров. 3-е изд. Москва: Советская энциклопедия. 1969-1978;
  • Б.Я. Владимиров.Общественный строй монголов. Ленинград. 1934;
  • Ш. Нацокдоржи. Из истории аратского движения во Внешней Монголии. Москва. 1958.