Araukaliklar (oʻzlarini mapu-che deb ataydilar) — Chilining indeys aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi xalq. Umumiy soni 800 ming kishi (1992), jumladan Chilida 750 ming kishi. Arauka va ispan tillarida soʻzlashadi. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik va chorvachilik. Dini — katolik, qadimgi diniy eʼtiqodlar ham mavjud. Ispanlar kelgu-nigacha A. hozirgi Chilining butun hududiga tarqalganlar. A.ning bosqinchilar va mustamlakachilarga qarshi kurashi 300 yildan or-tiqdavom etgan. Hozirgi A. Mar-kaziy Chilining janubiy qismida toʻplangan; ularning anchagina qismi rezervatsiyalarda yashaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil