Aravon svitasi – devon davrining Eyfel yarusiga mansub svita. Birinchi marta 1954-yilda G. A. Kaleda mustaqil svita sifatida ajratgan. Aravonsoy nomi bilan atalgan. Bazalt, gil va qumtoshli slaneslar, braxiopodali ohaktoshlardan iborat. Qalinligi 1000 – 2000 m. Chile va Toldiq soylari oraligʻida, Qorachatir tizmasida va Uchqoʻrgʻon effuziv jinslari mintaqasida uchraydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil