Araxnozlar
Araxnozlar (yun. arachne – oʻrgimchak) – hayvonlarda parazit va zaharli oʻrgimchaksimonlar (kanalar) qoʻzgʻatadigan yuqumli kasalliklar. Demodekozlar, sarkoptoz, psoroptoz, xorioptoz, notoedroz, ototsentoz va boshqa kasalliklar chorvachilikka katta zarar keltiradi. Hayvonlar araxnozlarini veterinariya araxnologiyasi oʻrganadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |