Arbitraj
Arbitraj (frans. arbitrage) – 1) hakamlar sudi, bunda tomonlar oʻzlari saylab qoʻyadigan yoki oʻzaro kelishuvga binoan, qonunda belgilangan tartibda tayinlanadigan arbitrlarga (hakamlarga) murojaat qiladi; 2) nizo vositachi sudya (arbitr) tomonidan hal etiladigan hakamlar sudi; xoʻjalik munosabati ishtirokchilari oʻrtasidagi mulkiy va mulk bilan bogʻliq nomulkiy nizolarni hal qilib beradigan organ; 3) davlatlar orasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etuvchi xalqaro organ (masalan, Hakamlar sudining doimiy palatasi; 4) valyuta arbitraji – bir valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olib, uni ayni vaqtda valyuta kurslari oʻrtasidagi farqdan foyda olish maqsadida boshqa valyuta bozorida sotish.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |