Arboviruslar – qon soʻruvchi hasharotlar (chivin, iskabtopar, kana va boshqalar) orqali tarqaladigan viruslar. Ularda RNK boʻladi. Hozir 300 dan ortiq turi maʼlum. Ular boʻgʻimoyoqlilar organizmida yashab, hasharotlar chaqqanda oʻtadi. Arboviruslarning 100 dan ortiq turi odamlarda har xil yuqumli kasalliklar (masalan, gemorragik isitma, sariq isitma va boshqalar)ni qoʻzgʻatadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil