Archäologisches Museum Hamburg
Archäologisches Museum Hamburg (Gamburg arxeologiya muzeyi; ilgari Helms-Museum) — Germaniyaning Gamburg shahridagi Harburg tumanidagi arxeologik muzey. Muzey kolleksiyalarining asosiy qismini Gamburg shahri va shaharning janubidagi qoʻshni okruglarning arxeologik topilmalari tashkil etadi. Muzey faoliyati shimoliy nemis tarixidan oldingi va erta tarixga, shuningdek, sobiq Garburg shahrining tarixiga qaratilgan.Muzeyga 1898-yil asos solingan.
Muzeyda ikkita yirik koʻrgazma maydoni mavjud.Asosiy koʻrgazma maydoni kichik teatrni ham qamrab oladi.Ikkinchi koʻrgazmalar maydoni bo;lsa turli koʻrgazmalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda, shuningdek, taʼlim muassasi ham joylashgan.Bundan tashqari, muzey tashqi filiallari ham oʻz faoliyatini yuritadi.
Koʻrgazmasi
tahrir2,5 milliondan ortiq ob’ektlar bilan muzey tarixdan oldingi topilmalarning eng katta kolleksiyasini saqlaydi.Muzey fondida 2,5 milliondan ortiq ashyolar mavjud.Kolleksiyaning asosiy qismi Germaniya shimolidan topilgan paleolit,neolit, bronza va temir davrlari, migratsiya davri va ilk oʻrta asrlarga oid noyob eksponatlar tashkil etadi. 2009-yilda yangi loyihalashtirilgan doimiy arxeologik koʻrgazma ochildi. U quyidagi mavzular boʻyicha tuzilgan: materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari, zoʻravonlik, oʻlim, innovatsiya va harakatchanlik mavzusiga oid asarlar tashkil etadii.Xususan, koʻrgazmadan oʻrin olgan160 dan ortiq shisha vitrinalar, modellar va yirik koʻrgazma buyumlari soʻnggi 40 000 yil ichida insoniyat madaniy rivojlanishining barcha jihatlarini ifodalaydi. Shuningdek, muzeyda madaniy meros obidalari, Gamburg arxeologiyasi, uni yigʻish va saqlash usullariga oid maʼlumotlarni olish mumkin.Noyob eksponatlardan biri buDuvensee eshkak (eng qadimgi saqlanib qolgan eshkaklardan biri) dir.Muzey kolleksiyasidan bronza davri Daensen yigʻma stuli,Sakson Vulfsen otining dafn marosimiga oid ashyolar, Tangendorf va Maschen jigʻa oʻrin olgan.
Yaqin kelajakda muzey hududida Garburg tumanining mahalliy tarixi boʻyicha ikkinchi doimiy koʻrgazma ochilishi kerak.
Tarixi
tahrirMuzeyning tashkil etilishi 1898-yilda Gamburg senatori Avgust Xelms tomonidan boshlangan, keyinchalik muzey tashkil etish jarayoniga muzey uyushmasining boshqa jamoat arboblari ham qoʻshilgan. Ularning maqsadi oʻsha paytdagi mustaqil Prussiyaning Harburg shahri (Elba) va ularning okrugi uchun muzey yaratish edi. 1925-yilda asoschining oʻgʻillari Buxtehuder Straße nufuzli villani muzeyga topshirishdi.Muzey Helms-Muzey deb nomlandi. Oʻsha vaqtning oʻzidayoq, kolleksiyada allaqachon 50 000 dan ortiq asarlar mavjud edi.mavjud edi. 1937-yilda Helms-muzeyi davlat muassasasiga aylandi. 1955-yilda muzey Ikkinchi jahon urushida zarar koʻrgan va bu villani tark etdi va Harburger teatri yonidagi yangi bosh binoga koʻchib oʻtdi. 1972-yilda Helms-muzeyi Gamburgning yagona arxeologik muzeyiga aylandi va boshqa Gamburg muzeylaridagi barcha arxeologik fondlar unga oʻtkazildi. 1987-yildan beri muzeyga madaniy meros obidalarini saqlash yuklangan. 2008-yil 1-yanvarda Helms-muzeyga egalik huquqi Stiftung Historische Museen Hamburg muzeyiga oʻtdi. (Gamburg tarixiy muzeylari fondi) va u Archäologisches Museum Hamburg - Helms-Museum deb oʻzgartirildii.2009-yil 14-mayda muzey hududida yangi loyihalashtirilgan doimiy arxeologik koʻrgazma ochildi.
Mehmonlar
tahrirMuzey Gamburg muzeylarining uzoq kechasi nomli festivalda doimiy ishtirok etadi[1].Shu festivalda muzey va muzey xodimlari bolalar va maktab oʻquvchilari uchun turli xil taʼlim dasturlarini taklif etadi. 2012-yil 15-noyabrdan boshlab muzey Android operatsion tizimlari uchun ham mavjud boʻlgan iTunes mobil ilovasi sifatida interaktiv elektron muzey qoʻllanmasini taqdim etdi.[2]
Yana qarang
tahrir- Gamburgdagi muzeylar va madaniy muassasalar roʻyxati
- Articus, Rüdiger. Archaeological Museum Hamburg Helms-Museum: A short guide to the Tour of the Times, Archaeological Museum Hamburg publication | Helms-Museum, Hamburg, 2013. ISBN 978-3-931429-24-9.
Manbalar
tahrir- ↑ „Lange Nacht der Museen Helms-Museum“ (German). Der Museumsdienst Hamburg. 2009-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-sentyabr.
- ↑ https://plus.google.com/112946114730381657998/posts?hl=en
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayt (in German)
- AMH-Guide — Gamburg Archäologisches Museum iTunes uchun ilova sifatida elektron muzeylar qoʻllanmasi