Archer Martin (1910-yil 1-mart, London – 2002-yil 28-iyul) – ingliz biokimyogari va fizik-kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1950). Kembrij universitetini tugatgan (1932). Eynxoven (Niderlandiya) Oliy texnika maktabida estraordinar professor (1965-yildan). Ye vitamini va nikotin kislota ajratib olish usullarini ishlab chiqqan (1934). Qogʻozda (1941, Richard Synge bilan hamkorlikda) va gazsuyuqlik kolonkalarida (1952, L. Jeyms bilan hamkorlikda) amalga oshiriladigan xromatografiya usulini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1952, Richard Synge bilan hamkorlikda).[1][2]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari