Archman – Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklaridagi shifobaxsh suvli kurort. Archman temir yoʻl stansiyasidan 9 km narida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, yozi juda issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°). Kam vodorod sulfidli mineral buloq suvlari vannaga tushish va ichish uchun ishlatiladi. Qon aylanish, ovqat hazm qilish, harakat va tayanch organlari kasalliklarida, teri, ginekologik kasalliklarda tavsiya etiladi. Sanatoriy, vanna qabul qilish binosi bor. Yil boʻyi ishlaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil