Arctostaphylos virgata
Arctostaphylos virgata — Bolinas manzanita va Marin manzanita singari nomlar bilan tanilgan arctostaphylos turkumiga tegishli tur.
Arctostaphylos virgata | |
---|---|
Muhofaza holati
| |
Scientific classification | |
Olam: | O'simliklar |
Sistematika: | Traxeofitlar |
Sistematika: | Angiospermlar |
Sistematika: | Eudicotlar |
Sistematika: | Asteridlar |
Oila: | Ericaceae |
Jins: | Arctostaphylos |
Turlar: | A. virgata
|
Binomial nomi | |
Arctostaphylos virgata |
Tarqalishi
tahrirArctostaphylos virgita Kaliforniya shtatining Marin okrugi uchun endemik boʻlib, u oʻrmonlarda va qirgʻoq tepaliklarining togʻ etaklarida atigi 20 ga yaqin turlari uchraydi. Bu Point Reyes milliy dengiz qirgʻogʻidagi oʻsimliklari guruhining baʼzi joylarida dominant buta sifatida oʻsadi[2]. Shuningdek, keng bargli togʻli oʻrmonlar, yopiq konusli ignabargli oʻrmon, shimoliy qirgʻoq ignabargli oʻrmonlarida ham uchraydi.
Ushbu tur oʻsimliklari jamoasidagi boshqa koʻplab turlar singari, u oʻrmon yongʻinlaridan kuchli zarar koʻradi va uning omon qolishiga yongʻinni oʻchirish holati ham tahdid solmoqda.
Tavsif
tahrirArctostaphylos virgata katta buta koʻrinishida boʻlib, balandligi kamida ikki metrga yetadi va baʼzi hollarda balandligi 5 metrdan oshadigan daraxtga ham aylanishi mumkin. Uning oʻralgan shoxlari quyuq qizil qobiq bilan qoplangan. Kichikroq novdalar mayda tolalar bilan qoplangan va 3-5 mm li yopishqoq qatronlar chiqaradigan bezli tuklarga ega. Yaltiroq yashil barglari qoʻpol va yopishqoq tuzilishda boʻlib, oval va keng nayza shaklida boʻladi, uzunligi 5 santimetrgacha yetishi mumkin. Toʻpgul — koʻzacha shaklidagi manzanita gullarining koʻrinishi singari zich shingil shaklda boʻladi, chala gulqoʻrgʻonga ega, rangi oqda och pushtigacha boʻlishi mumkin. Qishning yanvar va erta bahorda — mart oylari oraligʻida gullaydi. Mevasi kengligi taxminan 7 santimetr boʻlgan yopishqoq sharsimon koʻrinishda, ichidagi urugʻi tukli dukkakli mevalarga xos shaklga ega.