Arda Güler

turkiyalik professional futbolchi

Arda Güler (2005-yil 25-fevral, Anqara, Turkiyada tugʻilgan) — turkiyalik futbolchi, La Liga klubi „Real Madrid“ va Turkiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida toʻp tepadi[2]. Arda dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etiladi[3][4].

Arda Güler
Güler 2024--yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arda Güler
Tavallud sanasi Tugʻulgan sanasi 2005.02.25
Tavallud joyi Altındağ, Anqara, Turkiya
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi[1]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid CF
Raqami 24
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014—2019 Genchlerbirligi
2019—2021 Fenerbahçe Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021—2023 Fenerbahçe 32 (7)
2023— Real Madrid CF 13 (6)
Milliy terma jamoa
2021–2022 Turkiya U17 10 (4)
2022– Turkiya 13 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-avgust uchun)

Klublardagi faoliyati

tahrir

Dastlabki faoliyat

tahrir

Güler yoshlik faoliyatini 2014-yilda Anqaraning Gençlerbirligi klubida boshlagan[5]. U 2019-yilda Fenerbahche yoshlari safiga qoʻshiladi[5].

Fenerbahche

tahrir

Güler 2021-yilning 13-yanvarida Fenerbahche bilan ikki yarim yillik professional shartnoma imzolaydi[6]. U qobilyatli bola deb hisoblanadi va kelajak uchun katta istiqbol sifatida koʻriladi[7].

2021-22 mavsum

tahrir

Güler 2021-22 yilgi UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichida Finlandiyaning HJK klubiga qarshi oʻyinda zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qildi. 2021-yil 19-avgust kuni „Shukru Saracog‘lu“ stadionida bo‘lib o‘tgan bahs Fenerbaxchening 1:0 hisobida yakuniga etgan.[8] 2021-yil 22-avgust kuni Superligadagi birinchi o‘yinida u golli uzatmani amalga oshiradi. Oʻyinning 89-daqiqasida Miha Zaycga 1:0 hisobida gol uradi.

2021-22 yilgi mavsumda u koʻproq oʻynay boshladi. Güler 17 yoshga toʻlganidan uch hafta oʻtib 2022-yilning mart oyida Superliga tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylanadi. 2022-yilning may oyigacha Güler 255 daqiqa maydonda top suradi. Bu vaqt mobaynida 3 ta gol uradi va 3 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Faoliyatidagi ajoyib boshlangʻichdan soʻng, "Arsenal", "Liverpul", „Bavariya“, „Borussiya Dortmund“, "Barselona" va „PSJ“ kabi Yevropaning yirik klublari uni sotib olishga qiziqish bildirishgan[9][10].

2022-yilning 17-martida Fenerbahche Güler bilan 3 yillik shartnoma imzolashini eʼlon qiladi[11].

2022-23 yilgi mavsum

tahrir

2022-23-yilgi mavsum boshida, Mesut Özil ketganidan soʻng, Gülerga Fenerbahche muxlislari uchun alohida maʼnoga ega boʻlgan 10 raqami berildi[12], bu klub afsonasi Aleks de Souzaning raqamidir. U mavsumdagi ilk oʻyinini Kasımpashaga qarshi oʻtkazdi va 21 daqiqalik oʻyinda 2 ta gol urdi[13].

11-iyun kuni Arda Turkiya kubogi-2023 finalida Istanbul Boshakshehirga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi [14].

2023-yilning 6-iyulida Güler Instagramda „Fenerbaxche“ni tark etishini eʼlon qildi va bu uning turk klubidagi faoliyati yakuniga etdi[15].

Real Madrid

tahrir

2023-yilning 6-iyulida Ispaniyaning „Real Madrid“ klubi Güler bilan 2029-yilning iyunigacha davom etadigan olti yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[16][17]. Bitim uning ozodlik toʻlovini 20 million yevro miqdorida toʻlashi bilan imzolandi[18][19]. „Fenerbahche“ bilan sobiq shartnomasidagi 17,5 million evrodan oshib ketdi. Guler „Real“dan sobiq jamoasi uchun mablagʻ olish uchun uning ozodlik moddasidan tashqari toʻlashni soʻradi. Shunday qilib, „Real Madrid“ uning tovon pulini ishga tushirdi va 20 million evro toʻladi, bu uning hozirgi tovon pulidan koʻproq[20].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Güler Turkiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. U 2022-yil 19-noyabrda Turkiya terma jamoasi safida Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) debyut qilgan[21].

Statistika

tahrir
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy Kubok Yevropa Jami
Division Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Fenerbahche 2021-22 Superliga 12 3 0 0 4[lower-alpha 1] 0 16 3
2022-23 20 4 5 1 10[lower-alpha 2] 1 35 6
Career total 32 7 5 1 14 1 51 9
  1. Two appearances in UEFA Europa League, two appearances in UEFA Europa Conference League
  2. One appearance in UEFA Champions League, nine appearances in UEFA Europa League

Xalqaro faoliyati

tahrir
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Turkiya 2022 1 0
2023 1 0
Jami 2 0

Yutuqlar

tahrir

Fenerbahche

  • Turkiya kubogi : 2022-23

Manbalar

tahrir
  1. „Arda Güler“ (En). UEFA. 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  2. „Arda Guler: Real Madrid's Precocious Turkish Winger“ (en-GB). Breaking The Lines. 2024-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  3. „The 25 best young players in world football right now ranked in order“. Give Me Sport (2024-yil 1-iyul). 2024-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
  4. „FRANCISCO CONCEICAO, ARDA GULER, LAMINE YAMAL: WHO ARE THE BEST YOUNG PLAYERS IN THE EUROPEAN CHAMPIONSHIP?“. eurosport.com (2024-yil 10-iyul). 2024-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-iyul.
  5. 5,0 5,1 „Son dakika! Fenerbahçe, Arda Güler için Gençlerbirliği ile anlaştı! İşte ödenecek rakam...“. Habertürk (2022-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
  6. „Altyapı futbolcumuz Arda Güler'le profesyonel sözleşme imzalandı“ (Tr). Fenerbahçe S.K. (2021-yil 13-yanvar). 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-fevral.
  7. „Arda Guler: The Turkish wonderkid the whole of Europe wants to sign“. Goal (2022-yil 19-aprel).
  8. „Fenerbahçe (TUR) 1–0 HJK (Finland)“ (En). UEFA (2021-yil 19-avgust). 2021-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
  9. „Arda Guler: The Turkish wonderkid the whole of Europe wants to sign | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  10. Sport. „PSG join Barça on the list of clubs that want Arda Guler“ (en). sport (2022-yil 6-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  11. Armamızla Uzun Yıllar Yeni Başarılara
  12. fanatik „Fenerbahçede yeni on numara Arda Güler!“. Fanatik (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  13. „Kasımpaşa vs Fenerbahçe (0–6) Aug 15, 2022 Match Stats“ (en). FootballCritic. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
  14. „Fenerbahçe-Başakşehir finaline Arda Güler damgası!“ (2023-yil 11-iyun).
  15. Garlan, Victor „Arda Güler fait ses adieux au Fenerbahçe“ (fr). Foot Mercato : Info Transferts Football – Actu Foot Transfert (2023-yil 6-iyul). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  16. „Official Announcement: Arda Güler“. Real Madrid. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  17. „Arda Güler becomes a Real Madrid player“. Real Madrid. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  18. „Real sign Turkish wonderkid Guler from Fenerbahce“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  19. „Real Madrid beat Barcelona to win race for Turkish wonderkid“. OneFootball (2023-yil 6-iyul). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  20. Cortegana, Mario „Arda Guler chooses to join Real Madrid ahead of Barcelona“. The Athletic. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  21. „Tayyip Talha Sanuç, Samet Akaydin and Onur Bulut spoke after the Czechia match!“ (2022-yil 19-noyabr). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.

Havolalar

tahrir