Arifmetik uchburchak
Arifmetik uchburchak — bi-nomial koeffitsiyentlardan (qarang Binom) iborat sonlarning uchburchakli jadvali. Yon tomonlarida birliklar turadi, undagi har bir sonni shu son ustida tur-gan ikkita sonni qoʻshib hosil etiladi. Arifmetik uchburchak Paskalning „Arifmetik uchburchak haqida risola“ nomli kitobida (1665) uchragani uchun uni koʻpincha Paskal uch-burchagi deb yuritishadi. Arifmetik uchburchak Xi-toyda 1303-yil maʼlum boʻlgan. Germaniyada 1544 i. Shtifel asarlarida uchraydi. Hindistonda shoir Pintala (miloddan avvalgi 2-asr) poeziyaning baʼzi masalalarini xdl qilishda A.u .dan foydalangan. Shunga koʻra, Arifmetik uchburchak turli mamlakatlarda turlicha atalib kelgan: Germaniyada uni Shtifel uchburchagi, Italiyada Tartalya uchburchagi deb yuritishgan. Bizda esa uni Umar Xay-yom uchburchagi deb atash toʻgʻriroq boʻlar edi, chunki Arifmetik uchburchak Umar Xayyom asarlarida uchraydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |